ASOSIY

Ohangaron tuman 1-son kasb-hunar maktabi 1980-yil yangi qurilish yo’li bilan sobiq 35-maktab negizida foydalanishga topshirilib, Hozirgi kunda «Ohangaron tumani 1-son kasb-hunar maktabi» maqomida faoliyatini yuritib kelmoqda. Quvvati 750 o’rin. Hozirgi kunda 375 nafar o’quvchi tahsil olmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 06-sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi PF-5812-son farmoniga asosan, Ohangaron tuman 1-son kasb-hunar maktabiga aylantiridi. Hozirgi kunda 375 nafar o’quvchi tahsil olmoqda.


Ta’lim muassasida o’quv xonalari, innovatsiyon xonalar, o’quv ustaxonasi (chilangarlik ishi, Koreya Davlatidan olib kelingan payvandlash jixozlari mavjud, 70 o’rinli axborot-kutubxona markazi, hamda 300 o’rinli faollar zali, o’quv laboratoriya xonalari, bufet,sport zal mavjud.

Kasb-hunar maktabida jami 26 nafar o’qituvchi: 14 nafari oliy ma’lumotli, 16 nafari ichki o’rindosh 6 nafari , tashqi o’rindosh Shu jumladan 3 ta katta o’qituvchi 3 ta yetakchi o’qituvchi 9 nafar ishlab chiqarish ta’lim ustalari (4 nafar oliy ma’lumotli, 5 nafari o’rta maxsus ma`lumotli) iborot.
O’qituvchi hamda ishlab chiqarish ta’lim ustalari bugungi kunda raqamli dasturlash tizimida ham faoliyat yuritib kelmoqda
pedagog kadrlar, ishlab chiqarish ta’lim ustalari uchun metodik seminarlar tashkil etib boriladi.